Новости

Последние новости

янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DEPUTATLIK NAZORATI E’TIBORIDA
янв.21
🔰KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MUROJAATLAR IJOBIY HAL ETILISHI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🔰PO‘LOTI MAHALLASIDA ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BARQAROR BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATI MARKAZIDA
янв.21
Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar e’tiborda
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
SARDОBA TUMANIDAGI 13-MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMIDA DA QURILISH VA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI.

Ta’lim muassasalarida zamonaviy, xavfsiz va munosib sharoitlarni yaratish — farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi va kelajagi uchun muhim omildir. Shu bois, qurilish va rekonstruksiya ishlarining sifati hamda samaradorligi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q. O‘tayev hamda tuman deputati B.Suyunovlar tomonidan Sardoba tumanidagi 13-son maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi ta’lim muassasasida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari, ularning belgilangan talablar asosida olib borilishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda ishlarning borishi bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mas’ullarga qurilish va rekonstruksiya ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash, qurilish jarayonida xavfsizlik va texnik talablarga qat’iy rioya etish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud masalalar deputatlar tomonidan nazoratga olinib, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati bo‘yicha monitoringni davom ettirish belgilandi

Slide 1 of 9