Новости

Последние новости

янв.21
🔽Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kambag‘allikdan farovonlik sari: “Zarafshon” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🔰“Xo‘jaxayron” mahallasida ariqni betonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari to‘garaklarga jalb etiladi
янв.21
🔰Madaniy meros obyektini asrab-avaylash – e’tiborda
янв.21
“Eronshoh” mahallasidagi mikrol loyihalar o‘rganildi
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔰IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 25-“Oydin” saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Oydin” mahalla fuqarolar yig‘inida jamoatchilik nazorati doirasida mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida mahalla yettiligidan xotin-qizlar faoli ham ishtirok etdi.Nazorat davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalarning asfaltlanganlik darajasi, yo‘l qoplamalarining texnik holati, ayrim hududlarda yo‘llardan foydalanish qulayligi hamda tungi yoritish tizimlarining ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur masalalar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, mavjud holat va muammolar o‘rganildi.Shuningdek, ichki yo‘llarning soz va foydalanishga yaroqli holatda bo‘lishi, tungi yoritish tizimlarining barqaror ishlashi aholi uchun xavfsiz,qulay va osoyishta yashash muhitini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar bildirilib,ularni hal etish bo‘yicha fikr almashildi. Nazorat tadbiri davomida aholi bilan bevosita muloqot qilinib,fuqarolarning hudud infratuzilmasi, ichki yo‘llar va tungi yoritish tizimi bilan bog‘liq fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi. Suhbat davomida fuqarolar mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlaridan mamnun ekanliklarini bildirib, yaratilayotgan qulay sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdilar.  

Slide 1 of 3