Новости

Последние новости

янв.21
🔽Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kambag‘allikdan farovonlik sari: “Zarafshon” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🔰“Xo‘jaxayron” mahallasida ariqni betonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari to‘garaklarga jalb etiladi
янв.21
🔰Madaniy meros obyektini asrab-avaylash – e’tiborda
янв.21
“Eronshoh” mahallasidagi mikrol loyihalar o‘rganildi
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔰IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida Parkent tumani “Novdak” MFYdagi 45-Oilaviy poliklinikada aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.O‘rganish davomida aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, bemorlarni qabul qilish tizimi hamda imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati yaqindan ko‘rib chiqildi.O‘rganish jarayonida oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi tomonidan aholiga bepul yetkazib beriladigan 120 turdagi dori vositalarini qabul qilish, saqlash va tarqatish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.Shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash hamda ushbu jarayonlarga mas’ul xodimlar faoliyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.Ma’lum qilinishicha, mazkur muassasada 4 nafar shifokor hamda 27 nafar hamshira tomonidan aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.Shuningdek, muassasada raqamli tibbiy xizmatlarni joriy etish holati ham o‘rganildi. Xususan, DMED ilovasi orqali oilaviy shifokor qabuliga onlayn yozilish, tashriflar tarixini kuzatish hamda fuqarolar uchun qulay vaqtga elektron navbat belgilash imkoniyatlari amaliy jihatdan ko‘rib chiqildi.O‘rganish jarayonida amaliyot hamshirasi Soliyeva Dilafruz bilan suhbat o‘tkazilib, muassasa faoliyati haqida batafsil ma’lumot olindi. Ta’kidlanishicha, bugungi kunda bemorlarni qabul qilish jarayoni to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, shu kunning o‘zida shifokorlar qabuliga jami 128 nafar bemor ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan 64 nafari umumiy amaliyot shifokori Dadayev Farhod, 24 nafari amaliyot hamshirasi Soliyeva Dilafruz hamda 20 nafari amaliyot hamshirasi Eshonxo‘jayeva O‘g‘iloy qabuliga yozilgan.O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazoratini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 8