Новости

Последние новости

янв.21
🔽Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kambag‘allikdan farovonlik sari: “Zarafshon” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🔰“Xo‘jaxayron” mahallasida ariqni betonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari to‘garaklarga jalb etiladi
янв.21
🔰Madaniy meros obyektini asrab-avaylash – e’tiborda
янв.21
“Eronshoh” mahallasidagi mikrol loyihalar o‘rganildi
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔰IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
DEPUTATLAR O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT BILAN HAMKORLIKDA ISH OLIB BORMOQDA.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 20-“Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li o‘ziga biriktirilgan tashkilot — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parkent tumanidagi Xalq qabulxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishib,hamkorlikda ish olib bordi.Hamkorlik davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda murojaatlarning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.Muloqotda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida qabul qilish va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, fuqarolar murojaatlarida takroran ko‘tarilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish,ijrosi yuzasidan nazoratni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.Kelgusida ham deputat va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi murojaatlarini o‘rganish,fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni joyida hal etishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish belgilab olindi.  

Slide 1 of 1