Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 28-30 sentabr hamda 2-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish – deputat nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalarining izchil rivojlanayotgani mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
янв.21
🔰Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
🔰“Namgoni” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Xotin-qizlar bandligi ta’minlandi – deputat tashabbusi amalda
янв.21
🔽Paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olish – muhim vazifa
янв.21
🔽Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: deputatlik nazorati

Aholi uchun xavfsiz, qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish maqsadida xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a'zosi Xusainov Alisher Abduvahobovich tomonidan 17-Bek-to‘pi saylov okrugi hududidagi ko‘p qavatli uy-joylarning holati hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Al-Xorazmiy mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari, texnik xonalari, issiqlik quvurlari, ichki muhandislik tarmoqlari, kirish-chiqish qismlari va umumiy foydalanish hududlarining holati ko‘zdan kechirildi.

Bunda issiqlik tizimlarining sozligi, quvurlarning texnik holati, issiqlik izolyatsiyasi, suv sizib chiqishi, sanitariya va yoritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar joyida qayd etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar va boshqaruv servis kompaniyalari vakillari bilan amaliy muloqot o‘tkazildi. Shuningdek, avvalgi o‘rganishlar davomida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi ham qayta ko‘rib chiqildi.

Ko‘p qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, texnik xonalarni tartibga keltirish, muhandislik tarmoqlarini nazorat qilish va zarur profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Zero, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — qish faslida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish emas, balki ehtimoliy nosozliklarni oldindan aniqlab, ularning oldini olishdir.

Asosiy maqsad — har bir xonadonda issiqlik ta’minoti barqarorligini ta’minlash, ko‘p qavatli uylarning texnik va sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun osoyishta va qulay yashash sharoitlarini yaratishdan iborat.

Mazkur yo‘nalishda deputatlik nazorati, aholi bilan ochiq muloqot va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikdagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6