Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
“Ishonch” mahallasida bolalar maydonchasi va besedkalar holati o‘rganildi

“Ishonch” mahallasida bolalar maydonchasi va besedkalar holati o‘rganildi

24-Chinor saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Rahmatova Muqaddas Bekpulatovna, Kengash kotibiyati hamda “MADAD” muassasasi shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Malika Eliboeva tomonidan 24-Chinor saylov okrugiga qarashli “Ishonch” mahallasi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida hududdagi bolalar maydonchasi va besedkalarning holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur obyektlarning saqlanishi, foydalanish uchun qulayligi, obodonlashtirilishi hamda aholi, ayniqsa, bolalar uchun xavfsiz sharoit yaratilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, bolalar maydonchasining holatini saqlash va hududdagi besedkalarni tartibga keltirish masalalari yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.

⚖️ Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonunida belgilangan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy va ma’naviy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish tamoyillariga hamohangdir.

🤝 O‘rganish yakunida hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bolalar maydonchasi va besedkalarning holatini yaxshilash, hududni obodonlashtirish hamda aholi uchun yanada qulay sharoit yaratish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni belgilashga e’tibor qaratildi.

🌿 Obod mahalla, xavfsiz bolalar maydonchasi va qulay dam olish maskanlari — aholi farovonligining muhim omilidir.

Slide 1 of 8