35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

**TA’LIM SIFATI VA ZAMONAVIY SHAROITLAR — USTUVOR VAZIFA**

TA’LIM SIFATI VA ZAMONAVIY SHAROITLAR — USTUVOR VAZIFA

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi M. Tangriberganov, Kotibiyat bosh mutaxassislari S. Matyaqubova hamda deputat A. Erkinov tomonidan tumandagi 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur ta’lim muassasasi tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida rekonstruksiya qilingani, maktabda o‘quvchilar uchun zamonaviy va munosib ta’lim sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.

Shuningdek, maktabning yangi o‘quv yilini munosib kutib olishga tayyorgarligi, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalari va mavjud infratuzilmaning holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, maktabning moddiy-texnik bazasini asrab-avaylash, ta’lim sifati va o‘quvchilarning bilim olishlari uchun qulay muhitni yanada mustahkamlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bugungi kunda ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor yosh avlodning puxta bilim olishi, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallashi hamda kelajakda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Sifatli ta’lim va munosib ta’lim sharoitlari — farzandlarimiz kelajagi, hudud taraqqiyoti va jamiyat farovonligining muhim omilidir. 

Slide 1 of 1