35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

📌 “Ochiq budjet” — ovozdan amaliy natijaga

Jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portali orqali 2026-yil 1-mavsumida g‘olib deb topilgan tashabbusli budjet loyihalarining bugungi kundagi holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Obod Makon” MFY hududida amalga oshirilayotgan loyiha ishlarini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi.

💧 Loyiha doirasida “Obod Makon” MFY hududidagi Chimboy, Ramazan, Azatliq, Qo‘ng‘iratbay baqsi va Berdaq ko‘chalaridagi eski suv tarmoqlarini yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

💰 Loyiha qiymati 1 milliard 500 million so‘mni tashkil etadi.

🏗 Bugungi kunda loyiha doirasidagi ishlar boshlangan bo‘lib, deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning borishi joyiga chiqqan holda nazorat qilindi.

🤝 Mazkur loyiha hududdagi suv ta’minotini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

📌 “Ochiq budjet” — jamoatchilik tashabbusining amaliy natijasi.

🔵 ⚪️ 🟢 🟣 🔴

Slide 1 of 6