35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

#Deputat_faoliyati

✨13-okrug deputati A.Kudayberganova, mahalla raisi, mahalla faollari hamda tashkilotlar vakillari ishtirokida Farobiy va M.M.Xorazmiy mahallalaridagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

✨Uchrashuv davomida, avvalo, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish, hududda sanitariya va obodonlashtirish ishlarini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi.

✨Shuningdek, eski mahalla idorasi binosidan tadbirkorlar tomonidan qonuniy asoslarsiz foydalanilayotgani bilan bog‘liq holat muhokama qilinib, masalani o‘rganish va qonun doirasida tegishli choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

✨Mahalla aholisini qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirish belgilandi.  

Slide 1 of 6