QAROR IJROSI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M. Sayfidinov tomonidan tuman
Kengashi doimiy komissiyalari faoliyati doirasida o‘ziga biriktirilgan tuman
gaz ta’minoti bo‘limining operatorlar bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga kundalik hayotda
foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi 646-son qarori talablarining bajarilishi
yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida aholiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish
bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish, hisobini yuritish hamda belgilangan
tartibda xizmat ko‘rsatish holatiga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida mas’ullarga mavjud masalalarni bartaraf etish hamda
xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va
takliflar berildi.