35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Tibbiyot punktidagi sharoitlar o‘rganildi

Tibbiyot punktidagi sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Nilufar Ibragimova Dovud mahallasida bo‘lib, mahalla aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot punktining faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida tibbiyot punktidagi mavjud sharoit va imkoniyatlar, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, zarur dori-darmonlarning mavjudligi hamda ularni saqlash shartlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aholiga birlamchi tibbiy xizmatni sifatli va o‘z vaqtida ko‘rsatish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tibbiyot punktida zarur sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.