35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
#nazorat tadbiri

#nazorat tadbiri

Nurafshonda jamoat transporti xizmati ko‘rsatish sifati nazoratda!

Aholining uzog‘ini yaqin qilish, ularga sifatli va xavfsiz jamoat transporti xizmatlarini ko‘rsatish doimiy e’tiborda.
Bugun Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboev boshchiligida mas’ullar tomonidan o‘rganish va monitoring tadbiri o‘tkazildi.

📌 O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
🚦 Faoliyat samaradorligi: Bekatdagi umummuloqot va xizmat ko‘rsatish jarayoni.
🅿️ Tartib va intizom: Jamoat transportlarining bekat hududida tartibli joylashishi.
⏱️ Grafik qat’iyligi: Avtobus va yo‘nalishli taksilarning belgilangan vaqt oralig‘i hamda jadval bo‘yicha harakatlanishi.
💳 Yo‘l haqi tariflari: Belgilangan narx-navolarga amalda rioya etilayotgani va sun’iy narx oshirilishining oldini olish.
📌Yo'lovchilarni kutish joylari talab darajadaligi.
Ma'lumot uchun: Mazkur o‘rganish ishlarini samarali tashkil etish va mas’ullarga uslubiy ko‘mak berish Kotibiyat bosh mutaxassisi I.Omonboev tomonidan muvofiqlashtirildi.
O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga transport xizmati ko‘rsatish darajasini yanada oshirish bo‘yicha soha mutasaddilariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Aholi manfaatlari va ularning uzog'ini yaqin qilish yo'lidagi amaliy ishlar davom etadi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi kotibiyati axborot xizmati.

Slide 1 of 3