35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
📌 QONUN IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATI MARKAZIDA

📍 Royat va Mevazor mahallalari
16-Mehnatobod saylov okrugidan saylangan deputat Yo‘ldashova Oyimjon Qurbonnazarovna Royat va Mevazor mahallalarida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ-474-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
🔹 O‘rganish davomida mahallalarda qonun hujjatlarida belgilangan talablarning amalda bajarilishi, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
🔹 Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar faoliyatini o‘rganish va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.
🎯 Asosiy maqsad — qonun talablarining qog‘ozda emas, balki hududlarda amalda ishlashini ta’minlash, fuqarolarning davlat organlari faoliyatidagi ishtirokini kuchaytirish va jamoatchilik manfaatlarini yanada samarali himoya qilishdir.
Deputatlik o‘rganishlari yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berish hamda qonun ijrosini ta’minlashga qaratilgan choralar belgilash ko‘zda tutiladi.
Jamoatchilik nazorati — ochiqlik, hisobdorlik va fuqarolar manfaatining muhim kafolatidir!

Slide 1 of 3