35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
📌Tinglangan murojaat — amaliy yechim asosi

📌Tinglangan murojaat — amaliy yechim asosi

📍Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi 54-Urgut okrugi deputati Nilufar Ja’farova tomonidan “Bog‘ishamol”, “Navbog" va “Kamongaron” mahallalari fuqarolari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

✔️Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

🌀Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, yo‘l va obodonlashtirish ishlari, bandlik, ijtimoiy himoya hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaat va takliflar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha tinglanib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil muhokamalar olib borildi.

➡️Qabul jarayonida ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar ishtirokida joyida tushuntirishlar berilib, amaliy yechim talab etuvchi murojaatlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

⚡️Ta’kidlanganidek, aholi bilan bunday bevosita muloqotlar fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim omillardan biridir.

⚡️Deputat tomonidan bildirilgan har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi, ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 4