35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII chaqiriq, 29-sessiyasida inklyuziv ta’lim sinflari faoliyat yuritayotgan maktablarda o‘quvchilar uchun qulay va to‘siqsiz muhit yaratish masalasi ko‘rib chiqildi.

#Kengash_sessiyalariga_oid

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan qaror tasdiqlandi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII chaqiriq, 29-sessiyasida inklyuziv ta’lim sinflari faoliyat yuritayotgan maktablarda o‘quvchilar uchun qulay va to‘siqsiz muhit yaratish masalasi ko‘rib chiqildi.

Tumandagi 29 ta maktabning inklyuziv sinflarida 48 nafar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchi ta’lim olayotgani qayd etilib, ularning ta’lim olishi uchun zarur infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Sessiya yakunida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi”dan 1 milliard 174 million 181 ming 900 so‘m mablag‘ ajratilishini ma’qullash hamda mazkur mablag‘larni belgilangan maqsadlarda yo‘naltirish bo‘yicha Kengashning tegishli qarori tasdiqlandi.

Mazkur qaror bilan inklyuziv ta’lim tashkil etilgan maktablarda “to‘siqsiz muhit”ni yaratish va korreksion-resurs xonalarini jihozlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirish belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1