35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

QABRISTONLAR OBODLIGI — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
#tavsiyalar
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati

QABRISTONLAR OBODLIGI — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ

O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-363-sonli “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish va “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Kogon shahridagi qabristonlarda obodonlashtirish ishlari o‘rganilmoqda.

Mustaqilligimizning 35 yilligi bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, hududlarni obodonlashtirish va qabristonlarni tartibga keltirish maqsadida Kogon shahridagi Birodarlik qabristoni hududida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, deputat J. To‘rayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi I. Ikromov ishtirok etdi.

Jarayon davomida qabriston hududining tozaligi, obodonligi, sanitariya holati va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Hududni yanada tartibli, ozoda va obod holga keltirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Qabriston — barchamiz uchun mushtarak maskan. Bugun biz ziyorat qilayotgan bu muqaddas joyga ertaga har birimiz boramiz. Shunday ekan, o‘tganlarimiz xotirasini e’zozlash, qabristonlarni obod va pokiza saqlash — nafaqat bugungi, balki kelajak avlod oldidagi ham muhim mas’uliyatimizdir.

Keling, qabristonlarni obod qilaylik, o‘tganlar ruhini shod etaylik. Bu ezgu ishga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shaylik. Zero, yurt obodligi — ko‘ngillar obodligidan boshlanadi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram. Instagram. Facebook. Youtube. E-kengash
Slide 1 of 5