35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi o‘rganilib, huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dilmurod Sherboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov tomonidan deputatlik nazorati doirasida Muzrabot tumanidagi "Tong yulduzi" mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ–350-sonli “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosining ta’minlanish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘inida mazkur qonun talablarining amaliy ijrosi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini samarali tashkil etish, aholi murojaatlari bilan ishlash, mahalla fuqarolar yig‘inining vakolatlari hamda zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilish holati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va mas’ul xodimlar ishtirokida qonunning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.
Fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdagi ishtirokini yanada faollashtirish, mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3