35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
🏗 QURILISH CHIQINDILARI BO‘YICHA DЕPUTATLIK NAZORATI

Qurilish, rekonstruksiya va buzish ishlari natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilarni belgilangan tartibda to‘plash, saqlash, tashish, qayta ishlash va joylashtirish — atrof-muhit muhofazasi hamda aholi uchun sog‘lom va obod muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biridir.

📌 Shu munosabat bilan xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari uchun qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish holatini o‘rganishga qaratilgan deputatlik nazorati savollari ishlab chiqildi.

🔎 O‘rganish jarayonida, jumladan:
▪️ qurilish obyektlarida hosil bo‘layotgan chiqindilarning hisobini yuritish;
▪️ chiqindilarni alohida saralash va vaqtincha saqlash;
▪️ ularni qayta ishlash va takroriy foydalanish;
▪️ chiqindilarni belgilangan poligonlarga olib chiqish;
▪️ ixtisoslashgan tashkilotlar bilan shartnomalar mavjudligi;
▪️ qurilish chiqindilari monitoringi elektron platformasiga ma’lumotlarni kiritish;
▪️ chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash holatlarining oldini olish;
▪️ chiqindilarni tashishda belgilangan talablarga rioya etilishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi.

📊 Asosiy masala:
2026 yil davomida tumanda qancha qurilish chiqindisi hosil bo‘ldi? Uning qancha qismi qayta ishlandi, takroriy foydalanildi yoki belgilangan poligonlarga joylashtirildi?

⚠️ Qurilish chiqindilarini nazoratsiz tashlash nafaqat hudud obodligiga, balki atrof-muhit va aholi salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Deputatlik nazoratining maqsadi — muammoni aniqlash, mas’ullarni belgilash va qonunchilik talablarining amalda ijro etilishini ta’minlash.

Slide 1 of 1