35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Viloyat Kengashi deputati Abdusamad Norqobilov bilan birgalikda “Arslonboyli” mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri
Sh. Boyqulov, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi O'tkir Xoshimov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatov  hamda tuman tibbiyot birlashmasining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida Arslonboyli mahallasi fuqarolari tomonidan Buyrabob oilaviy shifokorlik punktini EKG va UZI apparatlari hamda tez tibbiy yordam avtomashinasi bilan ta’minlash masalasi ko‘tarildi. Uchrashuvning fuqarolarga manfaatli o'tganligining yana bir jihati deputat Abdusamad Norqobilov tibbiyot vakili ya'ni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filiali direktori hisoblanadi.
Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan tegishli vazirlik va idoralarga deputatlik so‘rovi yuborilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, tashrif davomida mahalladagi ichki yo'llar infratuzilmasi, mavjud holat va mahalla mas’ullarining faoliyati o‘rganilib, ishlar samaradorligini oshirish hamda aholi murojaatlarining o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Fuqarolar bilan bunday ochiq muloqotlar hududlarda mavjud muammolarni joyida aniqlash, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4