35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Rabotibika qishlog‘ida ichki yo‘l obodonlashtirilmoqda
янв.21
Romish mahallasida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida Romish mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Eski simyog‘ochlar yangisiga almashtirildi
янв.21
Saylovchilar murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
#_munosabat
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tiborda
янв.21
Deputatlik nazorati: toza ichimlik suvi ta’minoti — doimiy e’tiborda
янв.21
Qishloq aholisi uchun zamonaviy tibbiy maskan barpo etilmoqda
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati tomonidan o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or ish uslublarini o‘rganish hamda mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashiga amaliy tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida ikki tuman Kengashlari kotibiyatlari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, Kengash sessiyalarini samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, doimiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish, deputat so‘rovlari va murojaatlar bilan ishlash tizimi, saylovchilar bilan olib borilayotgan ishlar hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish borasidagi tajribalar o‘zaro muhokama qilindi.
Shuningdek, Sardoba tumani Kengashi kotibiyatining ish yuritish tizimi, hujjatlar bilan ishlash tartibi, raqamli texnologiyalardan foydalanish, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan amaliyotlar bilan yaqindan tanishildi.
Bunday tajriba almashish tashriflari mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish va aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6