Новости

Последние новости

янв.21
🔽Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kambag‘allikdan farovonlik sari: “Zarafshon” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🔰“Xo‘jaxayron” mahallasida ariqni betonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari to‘garaklarga jalb etiladi
янв.21
🔰Madaniy meros obyektini asrab-avaylash – e’tiborda
янв.21
“Eronshoh” mahallasidagi mikrol loyihalar o‘rganildi
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔰IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
TAYANCH MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi kotibiyati mudiri U.Kuryazov, viloyat Kengashi deputati S.Sadikov Xonqa tumanidagi “Tayanch” MFYda bo‘lib, “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan samimiy va amaliy muloqot o‘tkazdilar.

📌 Uchrashuvda muhokama qilingan asosiy masalalar:
Aholi murojaatlari bilan ishlash va ularni tezkor hal etish;
Ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish;
Yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash va bandlikni ta’minlash;
Huquqbuzarliklarning oldini olish va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish.

💬 Muloqot davomida “Mahalla yettiligi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish, sektorlar va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

🛣 Aholi murojaati e’tiborda: Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan mahalladagi 1 km uzunlikdagi tuproq yo‘lni shag‘allashtirish bo‘yicha murojaat kelib tushdi. Ushbu masalani tez fursatda va sifatli hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

💡 Eslatib o‘tamiz: Mahalla taraqqiyoti — tizimli hamkorlik, ochiq muloqot va jamoaviy mas’uliyat orqali ta’minlanadi.

Slide 1 of 4