Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tomonidan tumanning “Yangiqo‘rg‘on” mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Qabulda asosan ijtimoiy yordam olish, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish xizmatini yaxshilash hamda mahalla ichki yo‘llarining holatini yaxshilash masalalari bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

Ijtimoiy yordam masalasida murojaat qilgan fuqarolarning oilaviy va ijtimoiy holati o‘rganilib, ularni amaldagi qonunchilik talablari asosida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish bo‘yicha xotin-qizlar faoliga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, murojaatchilarga ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibi va mavjud imkoniyatlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati yuzasidan bildirilgan murojaatlarda ayrim hududlarda chiqindilarning o‘z vaqtida olib ketilmayotgani, chiqindi konteynerlarining yetarli emasligi hamda sanitariya holatini yaxshilash zarurligi qayd etildi. Ushbu masalalar yuzasidan “Rahnamo Servis” MChJga murojaat qilinishi belgilandi.

Ichki yo‘llar holati bo‘yicha murojaatlarda ayrim ko‘chalarda yo‘l qoplamasining nosozligi, yomg‘ir mavsumida harakatlanish qiyinlashayotgani, ta’mirlash va shag‘allash ishlarini amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur murojaatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi kiritish hamda mahalliy byudjet va boshqa manbalar hisobidan ta’mirlash ishlarini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha choralar belgilandi.

Qabul davomida barcha murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, ularning har biri yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, ijrosini nazoratga olish hamda murojaatchilarga qonunchilikda belgilangan muddatlarda asoslantirilgan javoblar taqdim etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1