Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
"Dolzarb 40 kunlik" doirasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan tumanning “Boyterak” mahallasida "mahalla yettiligi" ishtirokida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya-tozalik ishlarining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida mahalla hududida aholi yashash muhitini yanada obod va ozoda saqlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Xususan, ichki ko‘chalar va umumiy foydalanish hududlarini chiqindilardan tozalash, ariq va zovurlarni chiqindilar hamda begona o‘tlardan tozalash, daraxt va manzarali butalar ekish, mavjud yashil hududlarni parvarishlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

🟢Shuningdek, aholi xonadonlari atrofini tartibga keltirish, devor va darvozalarni ta’mirlash, hovli va ko‘cha yoqalarini ozoda saqlash, qurilish hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarni sanitariya talablariga muvofiq saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Ayrim xonadon egalari tomonidan namunaviy tartib va tozalik ta’minlangani e’tirof etildi.

🟢O‘rganish jarayonida mahalla faollari va mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hajmini kengaytirish, chiqindilarni belgilangan joylarga chiqarish hamda aholining bu boradagi mas’uliyatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3