Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Yangihayot mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Yangihayot mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Ashurov hamda "6-Yangihayot" saylov okrugi deputati A.Safarov tomonidan Yangihayot mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi ichki ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari, ijtimoiy soha obyektlari atrofida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va manzarali ko‘chatlarni parvarishlash, hududlarning sanitariya holati hamda umumiy ozodaligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish maqsadida bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan reja va muddatlarga muvofiqligi hamda obodonlashtirish tadbirlarining samaradorligi yuzasidan mas’ul mutasaddilar bilan muhokamalar olib borildi.
Hududni ko‘zdan kechirish davomida ayrim yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha ishlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Xususan, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada kengaytirish, hududlarni doimiy ravishda toza saqlash, sug‘orish tizimlarini samarali tashkil etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda obodonlashtirish ishlarining sifatini oshirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, hududlarni yanada obod etish hamda fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlar izchil nazorat qilib boriladi.
Slide 1 of 3