Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Deputat nazoratida: mahalla faoliyati, qonun ijrosi va ijtimoiy islohotlar tahlil qilindi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_162_ta_qonun
Deputat nazoratida: mahalla faoliyati, qonun ijrosi va ijtimoiy islohotlar tahlil qilindi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “23-Aeroport” saylov okrugidan saylangan deputati N.Chorshanbiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan “Alisher Navoiy” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati atroflicha tahlil qilinib, Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 36–41-bandlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–562-son Qonuni ijrosi ham tahlil qilinib, mahallada gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Bunday o‘rganishlar mahallalarda qonunlar ijrosini ta’minlash, aholi farovonligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Slide 1 of 3