Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Deputat nazorati

 Deputat nazorati 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputatlari Manzura Artiqova va
Mehribon Tillayeva ishchi guruh tarkibida "Adolat" mahallasidagi
savdo shoxobchalarida o‘rganish ishlarini olib bordilar.
 

O‘rganish davomida savdo qoidalariga rioya etilishi, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan
xizmatlar sifati, narx-navoning asosliligi, oziq-ovqat mahsulotlarining
yaroqlilik muddati hamda sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinishi
yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
 

Tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun
yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar e’tirof etildi. Deputatlar esa savdo
sohasida faoliyat yuritayotgan fuqarolarga sanitariya-gigiyena qoidalariga
qat’iy rioya etish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilishda maxsus kiyim
va qo‘lqoplardan foydalanish majburiy ekanligini alohida ta’kidladilar.
 

Aniqlangan ayrim kamchiliklar deputatlik nazoratiga olinib, ularni bartaraf
etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, mavjud muammolarni
tizimli hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi
yuborilishi qayd etildi.
 

Deputatlar bunday o‘rganishlar aholining qonuniy manfaatlarini himoya
qilish, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash hamda savdo va xizmat ko‘rsatish
sohasida qonunchilik talablarining to‘liq ijrosini ta’minlashga xizmat
qilishini ta’kidladilar.
  

Slide 1 of 1