35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
DOIMIY KOMISSIYADA MAHALLIY BUDJETNING QO‘SHIMCHA MANBALARIDAN MABLAG‘ YO‘NALTIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

 DOIMIY KOMISSIYADA MAHALLIY BUDJETNING QO‘SHIMCHA MANBALARIDAN MABLAG‘ YO‘NALTIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishida tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi.

📊 Muhokamada tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U. Maxmanazarovning hisoboti hamda qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘ ajratish yuzasidan Umumlashtiruvchi komissiya xulosasi tinglandi.

✅ Qarorga muvofiq, Budjet kodeksining 120 va 126-moddalari hamda tuman hokimligining takliflari asosida budjetdan ajratiladigan mablag‘lar qisqartirilishi natijasida bo‘shab qolgan mablag‘lar hisobidan Pastdarg‘om tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlarini 50 foiz rag‘batlantirish xarajatlari uchun 412 million 989 ming so‘m mablag‘ ajratish taklifi ma’qullandi.