35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Namuna mahallasida yo‘l qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishildi

 Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati J.Ismonova, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini raisi M.Jo‘rayevlar mazkur mahalla hududida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida mahalla raisi tomonidan hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda mahallaning ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan loyihalar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirilib, mas’ullar bilan fikr almashildi. Ayni paytda Namuna mahallasi hududida karmashka yo‘li loyihasi doirasida qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Loyiha to‘liq yakunlangach, mahalla aholisi uchun harakatlanish qulayligi yanada oshishi, transport harakati tartibga solinishi va yo‘l infratuzilmasi sifat jihatidan yaxshilanishi kutilmoqda. Tanishuv jarayonida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda barcha ishlar amaldagi me’yor va talablar asosida olib borilishi muhimligi ta’kidlandi. Bunday amaliy ishlar mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilishga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 4