Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi H. Karaeva boshchiligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🌏Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorining Jondor tumanida ijro etilishi holati muhokama qilindi.
🌏Muhokamalar yakunida mazkur qaror ijrosini yanada samarali tashkil etish, faol nuroniylarning dasturdagi ishtirokini kuchaytirish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashga qaratilgan tegishli doimiy komissiya qarori qabul qilindi.