35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
"Takiya ota" ziyoratgohida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida

#deputat_faoliyati
#nazorat_tahlil

"Takiya ota" ziyoratgohida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 3-Takiya saylov okrugidan saylangan deputat A.Abdinazarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi "Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ–386-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Takiya ota" ziyoratgohida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ziyoratgoh hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani yaxshilash, tashrif buyuruvchilar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar hamda qurilish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlanishini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda hududning turizm salohiyatini yanada oshirish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Deputatlik nazorati doirasida mazkur loyihaning ijrosi yuzasidan o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4