Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibida: O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Jalaquduq tumani bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil II chorak yakunlari va 6 oylik faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi. Yig‘ilishda quyidagi asosiy masalalarga e’tibor qaratildi: Hududdagi mahallalar faoliyatini samarali tashkil etish va "mahalla yettiligi" a’zolarining hamkorligini mustahkamlash Aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va hududlarni obodonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar Chorak va yarim yillik davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar. Muhokamalar
yakunida deputatlar tomonidan mahalla tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi muammolarini manzilli hal etish va kelgusidagi istiqbolli vazifalar yuzasidan taklif hamda tavsiyalar berildi.