35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Amaliy rejadan amalga: "Namuna" mahallasidagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasini tungi yoritish chiroqlari bilan ta’minlash masalasi deputat nazoratiga olindi!

Mas’ullar mahalladagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida bo‘lib, u yerda istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan samimiy suhbat o‘tkazdi va ko‘chaning infratuzilma holatini ko‘zdan kechirdi.

Muloqotlar davomida ko‘cha ahli tomonidan uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan eng asosiy muammo — tungi yoritish chiroqlarining yo‘qligi ko‘tarildi.

Ko‘chaning tunda qorong‘u bo‘lishi aholining, ayniqsa, keksalar, ayollar va kechki smenada o‘qiydigan maktab o‘quvchilarining erkin va xavfsiz harakatlanishiga jiddiy to‘sqinlik qilayotgani, shuningdek, hudud xavfsizligiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Muammo "Deputat daftari"da va tezkor choralar belgilandi:

Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ushbu holat va aholining haqli murojaati deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

1. Mazkur dolzarb muammo deputat M.Sidiqovaning shaxsiy murojaatlar daftariga qat’iy nazoratga olish uchun batafsil qayd etildi;

2. Ko‘chaga qisqa fursatlarda zamonaviy, energiya tejamkor tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish va tarmoq tortish ishlarini amalga oshirish maqsadida shahar elektr tarmoqlari korxonasi hamda shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

💬

"Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi aholisining murojaati mutlaqo o‘rinli. Tungi yoritish chiroqlarining yo‘qligi nafaqat noqulaylik tug‘diradi, balki xavfsizlik nuqtai nazaridan ham xavflidir. Biz ushbu masalani mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda eng qisqa muddatlarda hal etamiz. Ko'chaga birinchi chiroq o'rnatilib, yo'llar nurafshon bo'lmaguniga qadar jarayonni shaxsan nazoratimda saqlayman," — deya ta'kidladi okrug deputati 

Slide 1 of 2