35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati Y.Jo'rayev tomonidan tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan "Yo‘l xaritasi" vazifalari ijrosi yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mazkur texnologiyalarning amaliy samaradorligi hamda ulardan oqilona foydalanish holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, suv resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda zamonaviy sug‘orish usullarini keng joriy etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4