35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Deputat tashabbusi bilan Olcha ko‘chasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Deputat tashabbusi bilan Olcha ko‘chasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Sanoat Yaxyayeva hamda mahalla ko‘cha boshi Olim Musayev bilan birgalikda "Hazrati Imom" MFY Olcha ko‘chasi hududida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

📝 Ish jarayonida hududdagi mavjud holat deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida atroflicha o‘rganildi va tahlil qilindi.

📖 Mazkur faoliyat quyidagi qonunlar talablari asosida olib borildi:
🔹 "Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№O‘RQ-474, 12.04.2018) — davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

🔹 "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№O‘RQ-913, 02.02.2024) — mahallalarda fuqarolar ishtirokini ta'minlash hamda hududni rivojlantirish borasidagi vakolatlarni belgilaydi.

🔹 "Ekologik nazorat to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№O‘RQ-363, 27.12.2013) — atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarni ozoda saqlash va ekologik nazoratni amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
🌳 O‘rganishlar natijasida Olcha ko‘chasi va xonadonlar atrofidagi mavjud muammolar bartaraf etilib, hududda obodonlashtirish, tozalash va tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi. Bajarilgan ishlar deputat S.Yaxyayeva, ko‘cha boshi O.Musayev hamda mahalla faollari ishtirokida joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi va ularning sifati nazoratga olindi.

🤝 Mahallani yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, aholi murojaatlariga tezkor yechim topish hamda fuqarolar uchun qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7