35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
янв.21
Ko‘liyon mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida obodonlashtirish xizmatlari tariflari ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Namgoni qishlog‘idagi ichki yo‘l tartibga keltirildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Ehtiyojmand oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Saylovchilar muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Luqmon” mahallasida elektr energiyasi muammosi bartaraf etildi
янв.21
"Luqmon" mahallasida "mahalla yettiligi" bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Tibbiyot muassasasida xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan 11-sonli oilaviy poliklinikaning “Barraj” mahallasida joylashgan filialida tibbiy xizmat sifati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida poliklinika filialining kundalik faoliyati, aholini qabul qilish tartibi, navbatlarni tashkil etish, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining xizmat ko‘rsatish sifati, diagnostika va davolash jarayonlari, dori vositalari bilan ta’minlanganlik hamda tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Deputat tibbiyot muassasasi rahbariyati va tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashib, aholiga sifatli, tezkor va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, profilaktik tibbiy ko‘riklarni o‘z vaqtida tashkil etish, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni muntazam nazorat qilish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 2