35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Deputat faoliyati - xalq manfaatlariga xizmat qiladi!

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari o‘z faoliyatini fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, hududlarni barqaror rivojlantirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirishga qaratadi.

Deputatlar mahalliy budjet va uning ijrosi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan ta'minlash, infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Shuningdek, deputatlar fuqarolar bilan muntazam uchrashuvlar va sayyor qabullar o‘tkazadi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganadi, ularning muammolarini joyiga chiqib ko‘rib chiqadi hamda aniqlangan masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborish, tegishli tashkilotlar oldiga masalalar qo‘yish va ularning ijrosini nazorat qilish orqali amaliy yechim topishga ko‘maklashadi.

Mahalliy Kengash sessiyalari va doimiy komissiyalar faoliyatida faol ishtirok etish, hududni rivojlantirishga qaratilgan qarorlarni qabul qilish, ularning ijrosini monitoring qilish ham deputatlarning muhim vazifalaridan biridir.

Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — xalq manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning farovonligini oshirish, hududlarni har tomonlama rivojlantirish hamda davlat va jamiyat o‘rtasida samarali muloqotni ta'minlashdan iborat.