35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa
#deputat_so'rovi


🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston ekologik partiyasidan saylangan "2-Hamkor" okrugi deputati Abdullayeva Kimyo Adilovna tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📊 Deputatlik vakolatini amalga oshirish hamda saylov okrugidagi aholi murojaatlarini o‘rganish jarayonida Nishabariq mahallasi Bayram ko‘chasi 95-uy oldi (ko‘chaga kirish qismi) ko‘zdan kechirilganligi hamda mazkur hududdagi asfalt qoplamasi yaroqsiz holga kelib qolganligi, bu esa aholi tomonidan ko‘plab murojaat va e’tirozlarga sabab bo‘layotganligi qayd etilgan.

📈 Nishabariq mahallasi Bayram ko‘chasi 95-uy oldidagi (ko‘chaga kirish qismi) asfalt qoplamasini tiklash (asfalt yotqizish) ishlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish, ushbu ishlar qaysi muddatlarda bajarilishi yuzasidan aniq ma’lumot berish hamda qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ravishda asoslantirilgan javob taqdim etish so'ralgan.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1