35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Sessiyaga tayyorgarlik va deputat nazorati: "Alpomish" mahallasida xotin-qizlar va ijtimoiy xodimlar faoliyati qonun doirasida tahlil qilindi!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, 6-“Alpomish” saylov okrugi deputati A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov o‘z okrugidagi “Alpomish” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining ish faoliyatini tahlil qildilar.

📌Mazkur o‘rganish jarayonining muhim jihati shundaki, u shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hisobotlarning haqqoniyligini joyida, amaliyotda tahlil qilish maqsadida tashkil etildi.

💬Uchrashuv davomida "mahalla yettiligi" faollarining ish samaradorligi quyidagi hayotiy qonunlar doirasida atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬Xotin-qizlar faoli faoliyati — Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”
 O‘RQ-561-sonli Qonun talablaridan kelib chiqib:

🟢Xavfsizlik va Himoya orderi: Mahallada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan yoki shunday xavf ostida bo‘lgan xotin-qizlarni barvaqt aniqlash hamda profilaktika inspektori bilan hamkorlikda ularga "Himoya orderi" rasmiylashtirilishiga ko‘maklashish holati;

🟢Oilaviy totuvlik: Ajrim yoqasiga kelib qolgan notinch oilalar bilan manzilli ishlash va oilalarni sog‘lomlashtirish choralari ko‘rib chiqildi.

💬Ijtimoiy xodim faoliyati — O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida” O‘RQ-415-sonli Qonun talablari asosida:

🟢Manzilli g‘amxo‘rlik: Mahalladagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, nogironligi bor shaxslar va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, o‘z vaqtida va manzilli yetib borishi;

🟢Reyestrlar va reabilitatsiya: Muhtoj fuqarolarni ijtimoiy reyestrlarga kiritish va ularni zarur tibbiy-reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash borasidagi ishlar holati o‘rganildi.

💬"Sessiya kun tartibiga kiritilgan har bir hisobot ortida oddiy odamlarning dardu tashvishi, ijtimoiy himoyasi turibdi. Shuning uchun biz ma’ruzalarni faqat zalda emas, mana shunday mahallaga chiqib, amalda qonunlar qanday ishlayotganligi misolida tahlil qilmoqdamiz. 'Alpomish' mahallasida aholi xavfsizligi va ijtimoiy ko‘mak tizimi doimiy e’tiborimizda bo‘ladi," — deya ta'kidladi deputat.

🫥O‘rganish yakunida aniqlangan uslubiy masalalarni bartaraf etish hamda navbatdagi sessiyaga doir materiallarni puxta tayyorlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 2