📌 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “G‘ambur” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📝 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, muammo va takliflari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🏘 Xususan, aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar belgilandi.
📌 O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga belgilangan tartibda yuborildi hamda ularning ijrosi deputatlik nazorati asosida kuzatib borilishi ta’minlanadi.
🤝 Saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish, aholi murojaatlarini eshitish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish xalq vakillarining ustuvor vazifalaridan biridir.