Новости

Последние новости

янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
Jondor markazida zamonaviy sug‘orish texnologiyasi joriy etildi
янв.21
Jondor tumanida yangi investitsiya loyihalari iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilmoqda
янв.21
"Dalmunobod" mahallasida kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Dalmunobod” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
“Dalmunobod” mahallasida aholini qiynayotgan muammolar muhokama etildi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi
янв.21
Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ko‘tarilgan muammo amaliy hamkorlik asosida bartaraf etildi
PENSIYA JAMG‘ARMASI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-"Bodomtepa" saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Parkent tuman bo‘limida jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi,fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda pensiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalari tahlil qilindi. Shuningdek deputat tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda nuroniylari va faollar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan duch kelinayotgan muaamolar, murojaatlar, eng ko`p berilayotgan savollar yuzasidan bo`lim bosh mutaxassis J.Normatov bilan muhokama etildi.Jarayonda bo‘lim bosh mutaxassis J.Normatov bilan suhbat o‘tkazilib, aholiga pensiya tayinlash va to‘lash, murojaatlar bilan ishlash, xizmatlar ko‘rsatish sifati hamda sohaga oid yangiliklarni fuqarolarga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.Shuningdek, bo‘lim xodimlari bilan muloqot qilinib, ularning xizmat faoliyati,mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Parkent tumanida 22 300 nafar yoshga doir pensiya oluvchilar, 2 500 nafar nogironlik pensiyasi oluvchilar hamda 2 950 nafar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilar mavjud bo‘lib, ularga belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.Shuningdek, bo‘lim tomonidan har oyda sayyor qabullar tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqilayotgani, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida muntazam targ‘ibot va yig‘ilishlar o‘tkazib borilayotgani ta’kidlandi.O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, aholiga qulay va sifatli xizmatlar ko‘rsatish hamda sohaga oid ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 3