Новости

Последние новости

янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
Jondor markazida zamonaviy sug‘orish texnologiyasi joriy etildi
янв.21
Jondor tumanida yangi investitsiya loyihalari iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilmoqda
янв.21
"Dalmunobod" mahallasida kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Dalmunobod” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
“Dalmunobod” mahallasida aholini qiynayotgan muammolar muhokama etildi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi
янв.21
Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ko‘tarilgan muammo amaliy hamkorlik asosida bartaraf etildi
VILOYAT KENGASHI QARORLARI IJROSI DOIRASIDAGI MANZILLI DASTURLAR LOYIHALARI DEPUTATLIK NAZORATIDA.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Berdiqulova, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati G.Rizayeva, tuman Kengashi deputatlari E.To‘layev, X.Yoqubova, M.Xikmatova, X.Ashirmatova, A.Mannonov, F.Mahkamova hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2026-yil 12-maydagi qarorlari bilan tasdiqlangan manzilli dasturlar doirasidagi loyihalar ijrosi deputatlik nazorati tartibida muhokama etildi.Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi 298-sonli qarori asosida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” hamda “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”larni kompleks rivojlantirish bo‘yicha “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasidagi loyihalarning amalga oshirilish holati muhokama etildi.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi 49-sonli qarori asosida hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan manzilli dasturlar ijrosi ham muhokama etildi.Muhokama yakunida mazkur loyihalar ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi hamda Xalq deputatlari Parkent
tumani Kengashi deputatlari ishtirokida loyihalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va deputatlik nazoratini amalga oshirishga kelishib olindi.
  

Slide 1 of 3