Новости

Последние новости

янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
Jondor markazida zamonaviy sug‘orish texnologiyasi joriy etildi
янв.21
Jondor tumanida yangi investitsiya loyihalari iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilmoqda
янв.21
"Dalmunobod" mahallasida kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Dalmunobod” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
“Dalmunobod” mahallasida aholini qiynayotgan muammolar muhokama etildi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi
янв.21
Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ko‘tarilgan muammo amaliy hamkorlik asosida bartaraf etildi
DEPUTAT TOMONIDAN “BO‘STON” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 4-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida o‘zi saylangan hudud — “Bo‘ston” mahallasida
xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida mahalla xotin-qizlar faoli M.Xikmatova tomonidan oilalarni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.Ma’lum qilinishicha, 2026-yil davomida “Ayollar daftari”ga 75 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, ulardan 25 nafari doimiy ish bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, 23 nafar xotin-qizga imtiyozli kredit ajratilgan hamda 27 nafari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.Deputat tomonidan ushbu yo‘nalishda erishilgan natijalar bilan bir qatorda, ayollar bandligini yanada oshirish, ularni tadbirkorlikka kengroq jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish yakunida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 2