Новости

Последние новости

янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
Jondor markazida zamonaviy sug‘orish texnologiyasi joriy etildi
янв.21
Jondor tumanida yangi investitsiya loyihalari iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilmoqda
янв.21
"Dalmunobod" mahallasida kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Dalmunobod” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
“Dalmunobod” mahallasida aholini qiynayotgan muammolar muhokama etildi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi
янв.21
Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ko‘tarilgan muammo amaliy hamkorlik asosida bartaraf etildi
EHТIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TAʼMIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARGA CHIQIB OʻRGANILMOQDA.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2026-yil 12-martdagi VII-20-18-8-109-K/26-sonli qarori ijrosini taʼminlash, ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va sifatli ishlatilishini nazorat qilish maqsadida joylarda oʻrganishlar qizgʻin davom etmoqda.

Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlarni bevosita xonadonbay oʻrganish maqsadida 18-Yangiturmush saylov okrugi deputati Sevara Yuldashova oʻz hududidagi "Yangiturmush" mahallasida boʻldi.
Deputat S.Yuldashova "Yangiturmush" mahallasida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrda turgan hamda koʻmakka muhtoj fuqaro — Alimardonov Faxriddin xonadoniga borib, u yerda olib boriladigan taʼmirlash ishlarining hajmi va tayyorgarlik jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

Eslatib oʻtamiz: Mazkur Kengash qaroriga muvofiq, tumandagi I-guruh nogironligi boʻlgan va mehnatga layoqatli aʼzosi boʻlmagan 10 ta ehtiyojmand oilaning uylarini taʼmirlash hamda energiya samaradorligini oshirish belgilangan. Ushbu maqsadlar uchun "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamgʻarmasidan mablagʻ ajratilgan.
Oʻrganish davomida ushbu xonadonda amalga oshiriladigan quyidagi ishlarning rejalari kelishib olindi.

Uylarning devor va tomlarini issiqlik saqlaydigan qilib izolyatsiya qilish;
Energiya tejamkor zamonaviy eshik va derazalar oʻrnatish
Mutlaqo bepul va muqobil elektr energiyasi beruvchi quyosh panellari yoki geliokollektorlar oʻrnatish.
Xonadon egalari bilan suhbatda ularning fikr va istaklari tinglandi. Deputat tomonidan qurilish va jihozlash ishlarini sifatli tashkil etish, mablagʻni oʻz muddatida va manzilli yetkazish boʻyicha masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq vakillari tomonidan okruglardagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Maqsadimiz bitta — tumanimizda inson qadrini ulugʻlash va eng muhtoj oilalarga munosib shukurona hayot kechirishlari uchun sharoit yaratish!

Slide 1 of 2