Новости

Последние новости

Davlat xizmatlari markazida fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

#24_ta_masala

Davlat xizmatlari markazida fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

⚡️Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati R.Djurayev tomonidan Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar joyiga chiqib o‘rganildi.

⚡️O‘rganish davomida markazga murojaat qilayotgan fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, kutish zallari, elektron navbat tizimi, axborot xizmatlari hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.

⚡️Shuningdek, fuqarolarga davlat xizmatlarini tezkor va sifatli ko‘rsatish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚡️O‘rganish yakunida mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash va aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar bildirildi. Fuqarolarga sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatish borasidagi ishlar doimiy nazoratda olib borilmoqda.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube