"Davlat organlari faoliyatining samaradorligi, avvalo, qonunchilik hujjatlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi hamda fuqarolarning murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashilishiga bog‘liq. Sessiyada taqdim etilgan hisobotda ijro intizomini mustahkamlash, edo.ijro.uz va ijro.gov.uz tizimlari orqali topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi, murojaatlarni qonuniy va adolatli ko‘rib chiqish, sayyor qabullar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Eng muhimi, har bir murojaat ortida inson taqdiri va uning muammosi turganini unutmasligimiz kerak. Biz deputatlar sifatida qabul qilingan qarorlarning ijrosi, ijro intizomiga qat’iy rioya etilishi hamda fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida va adolatli hal etilishi ustidan doimiy deputatlik nazoratini olib boramiz. Chunki qonun ustuvorligi va xalq ishonchi – samarali davlat boshqaruvining eng muhim mezonidir."
deya deputat Sadullayev
Oybek Yusubbayevich o‘z munosabatini bildirdi.