Новости

Последние новости

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
"Mahalla yettiligi" faoliyati joyiga chiqqan holda tahlil qilindi

"Mahalla yettiligi" faoliyati joyiga chiqqan holda tahlil qilindi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zLiDePdan saylangan “15-Izza” okrugi deputati Akbar Narziyev tomonidan Foziltepa mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🗂 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 209-son qarori ijrosi doirasida mahalla "yettiligi" faoliyati tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqildi. Xususan, mahalla "yettiligi" tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hududni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Suhbat davomida mahalla faollari tomonidan hududdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Mahallada davlat dasturlari ijrosini samarali tashkil etish, "mahalla yettiligi" faoliyatini yanada kuchaytirish hamda aholi bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

💼 Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ham ishtirok etdi.

🖋️ O‘rganish yakunida "mahalla yettiligi" faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda mahalladagi dolzarb masalalarni tizimli hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 5