O'rganish jarayonida mahalla aholisini qiynab kelayotgan dolzarb infratuzilma masalalari muhokama qilindi. Xususan, dastur doirasida "Olmazor" mahallasi hududidagi aholi xonadonlarining elektr energiyasi va ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash, yangi transformator o'rnatish, elektr tarmoqlarini tortish, ichimlik suvi inshootini qurish hamda ichki yo'llarga asfalt qoplamasi yotqizish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi.
Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi natijasida mahalla aholisining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash hamda infratuzilmani rivojlantirishga erishiladi.
✅Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook