35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Deputat hududdagi obodonlashtirish va infratuzilma holatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Tuganbekov Oybek Bahrombekovich o‘zi saylangan okrug hududidagi “Mehrjon” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, uylar atrofining tozaligi va tungi yoritish holatini joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ko‘chalar va ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilgani, sanitariya holati qoniqarli darajada ekani qayd etildi. Mahallada faoliyat yuritayotgan boshqaruv kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fuqarolar o‘z minnatdorligini bildirib, xizmatlar sifatidan mamnun ekanliklarini ta’kidlashdi.

Shuningdek, mahalla hududida yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va manzarali ko‘chatlarni parvarishlash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgani deputat tomonidan ko‘zdan kechirildi.

“Mehrjon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan mahallada bolalar uchun zamonaviy o‘yingoh mavjudligi, uning yonidagi bo‘sh yer maydonidan samarali foydalanish maqsadida kichik o‘lchamdagi mini futbol maydonchasi barpo etish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. Mazkur tashabbusni amalga oshirishda amaliy ko‘mak berish yuzasidan deputatga murojaat qilindi.

Deputat tomonidan ushbu taklifni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda imkoniyatlardan kelib chiqib ijobiy hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Hududlarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida aniqlash, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda mahallalarni yanada obod va qulay maskanga aylantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7