Новости

Последние новости

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
Deputatlar joylarda: fuqarolar murojaatlari nazoratga olinmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 14-Xalqobod saylov okrugidan saylangan deputat Ollomurodov Otabek hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Xoliqov Bahodir hamkorlikda tumandagi “Shaffof” mahallasida bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlar, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar hamda yoshlar bandligini ta’minlash masalalariga oid murojaatlar tinglandi.

Muloqotlar jarayonida bildirilgan har bir murojaat deputat tomonidan belgilangan tartibda deputatning murojaatlarni daftariga qayd etilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Murojaatlarning mazmunidan kelib chiqib, mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, ayrim murojaatlar yuzasidan deputat va mutaxassislar fuqarolar yashash xonadonlariga borib, muammolarni joyida o‘rgandi hamda amaliy va huquqiy tushuntirishlar berdi.

Bunday uchrashuvlar aholini qiynayotgan masalalarni bevosita joylarda o‘rganish, murojaatlarga tezkor yechim topish hamda deputatlik nazoratining samaradorligini oshiradi.

Slide 1 of 3