Новости

Последние новости

янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali bolalar sport maydonining elektr ta’minoti masalasi ko‘tarildi
янв.21
Aholi manfaati – barqaror narx-navo va mahsulotlar yetarliligini ta’minlashda muhim omil
янв.21
Investitsiya loyihalari ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 25-“Oydin” saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich tomonidan “Oydin” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.Nazorat tadbiri davomida deputat mahalladagi ijtimoiy xodim Miribatov Sanat Mirqodir o‘g‘lining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.Xususan, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda boshqa ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va maqsadliligi yuzasidan tahliliy o‘rganish olib borildi.O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam ko‘rsatilib, 14 ta xonadon oziq-ovqat mahsulotlari, 4 ta xonadon kiyim-kechak bilan ta’minlangani, shuningdek, 5 nafar fuqaroga tabiiy gaz va elektr energiyasi xarajatlari uchun kompensatsiya ajratilgani ma’lum qilindi.Shuningdek, mahallada 110 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro, 14 nafar alohida ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxs, 4 ta kambag‘allik chegarasidagi hamda 83 ta kambag‘al oila mavjudligi qayd etildi.Bundan tashqari, joriy yil davomida 3 nafar fuqaroga davolanish uchun tavsiyanomalar rasmiylashtirilgani, 8 nafar fuqaro protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan ta’minlangani hamda 5 nafar nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxsning doimiy ish bilan bandligi ta’minlangani ta’kidlandi.Deputat tomonidan o‘rganish yakunlari yuzasidan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash choralarini izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 2